Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi böyiça milliy maʼlumotlar bazasi yaratiladi
Toşkent davlat agrar universitetida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xodimlari, soha mutaxassislari hamda tegişli taşkilotlar vakillari iştirokida seminar bölib ötdi.
Seminarda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi böyiça milliy maʼlumotlar bazasini şakllantirişga qaratilgan yöl xaritasi atrofliça muhokama qilindi.
Mazkur taşabbus aholining ovqatlaniş madaniyati va oziqlaniş xususiyatlarini kompleks örganiş, şuningdek, soğlom ovqatlanişni tarğib qilişga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni işlab çiqişni nazarda tutadi.
Uşbu yönalişdagi loyiha BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) kömagida amalga oşirilmoqda.

Dastlabki bosqiçda milliy bazaga kiritiladigan mahsulotlar va oziq moddalar röyxatini şakllantiriş, mavjud maʼlumotlarning işonçlilik darajasini baholaş, şuningdek, qöşimça laboratoriya tahlillarini ötkaziş talab etiladigan yönalişlar muhokama qilindi.
Seminarda taqdim etilgan 70 ta ilmiy manba tahlili natijalariga köra, donli ekinlar va mevalarning ozuqaviy tarkibi böyiça maʼlumotlar nisbatan keng örganilgan. Biroq, bir neçta masalliqdan tayyorlanadigan milliy taomlarning oziqaviy tarkibiga oid maʼlumotlar yetarli emasligi va bu borada qöşimça tadqiqotlar ötkaziş zarurligi taʼkidlandi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA