Boyovutda «INFOLIB–2026» haftaligiga start berildi
Boyovut tumani Axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mutolaaga bölgan qiziqişni oşiriş hamda kitobning inson kamolotidagi beqiyos örnini keng tarğib etişga qaratilgan «INFOLIB–2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi.
Unda tuman faollari, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, kitobxonlar, yoşlar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, yoş avlodni maʼnaviy barkamol etib tarbiyalaş, ularning bilim olişga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaş hamda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, kitob insonning maʼnaviy olamini boyitadi, tafakkurini çarxlaydi, mustaqil fikrlaş qobiliyatini şakllantiradi. Şu bois yoşlarni mutolaaga keng jalb etiş, ularning kitobga mehrini oşiriş va kutubxonalar bilan hamkorligini mustahkamlaş muhim ahamiyat kasb etadi.

— «INFOLIB–2026» milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kitobxonlikni ommalaştiriş, aholining kitobga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, yoşlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari, ijodiy uçraşuvlar, davra suhbatlari va tanlovlar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Bu esa kitobxonlarning bilim va dunyoqaraşini boyitiş, ularni mutolaa olamiga yanada keng jalb etişga xizmat qiladi, — deydi tuman Axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati xodimi Oydinoy Eşkazakova.

Şuningdek, haftalik davomida axborot-kutubxona xizmatlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, kitob fondlarini boyitiş, elektron axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va kitobxonlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Muhimi, kitobxonlik inson maʼnaviyatini boyitiş, intellektual salohiyatini yuksaltiriş va dunyoqaraşini kengaytirişning muhim omilidir. «INFOLIB–2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taşkil etiladigan tadbirlar Boyovut tumanida mutolaa madaniyatini yanada rivojlantiriş, yoşlarning kitobga bölgan mehrini oşiriş hamda jamiyatda maʼrifat va ziyoga asoslangan muhitni mustahkamlaşga munosib hissa qöşadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri