O‘zbekistonning eng kuchli eshkak eshuvchilari saralandi
Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi kunida K-1 va S-1 bo‘yicha 500 metr masofada bahslar o‘tkazildi.
K-1 yo‘nalishida Yaroslav Slavgorodskiy oltin, Dilmurod Shermurodov kumush va Shohrux Hasanov bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishdagi ayollar bahsida Madina Islomova, Dariya Mishina hamda Adelya Sayfulina shohsupaga ko‘tarildi.
C-1 tasnifidagi poygalarda Radiya Abdurazzoqova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Uning ortidan Zulfira Jo‘raboyeva ikkinchi, Farangiz Ortiqboyeva esa uchinchi bo‘lib yetib keldi.
Erkaklar orasida mazkur poygada Kamoliddin Rahmatullayev mamlakat chempioniga aylandi. Azimjon Sotvoldiyev va Og‘abek Nuriddinov 2 va 3-o‘rindan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA