Özbekistonlik öquvçilar fan olimpiadalarida 257 medal bilan rekord örnatdi
Özbekistonlik öquvçilar xalqaro fan olimpiadalarida tarixiy natijalarni qayd etib, 257 ta medal bilan taqdirlandi. Ularning ustozlari ham munosib eʼtirofga sazovor böldi.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2025-2026 öquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilar va ularning ustozlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda olimpiada ğoliblari, ota-onalar, pedagoglar, davlat taşkilotlari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Maʼlum bölişiça, joriy yilda yurtimiz öquvçilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib iştirok etib, jami 257 ta medal (44 ta oltin, 93 ta kumuş, 120 ta bronza)ni qölga kiritdi. Bu 2019-yildagi natijadan qariyb töqqiz barobar köp.
Bundan taşqari, yana ayrim natijalar tarixiy ahamiyatga ega. Xususan, özbekistonlik öquvçi qiz 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida qizlar orasida ilk oltin medalni qölga kiritdi. Xalqaro sunʼiy intellekt böyiça xalqaro olimpiadada esa mamlakatimiz ilk iştirokidayoq 1 ta kumuş va 2 ta bronza medaliga sazovor böldi. Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medalga erişildi.
Taqdirlaş marosimida xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari va ularning ustozlariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topşirildi:
Eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uçun:
Oltin medal sohibiga — 1 milliard 100 mln söm, öqituvçisiga — 198 million söm;
Kumuş medal sohibiga — 660 million söm, öqituvçisiga — 110 million söm;
Bronza medal sohibiga — 440 million söm, öqituvçisiga — 66 million söm.
Xalqaro olimpiadalardagi medallar uçun:
Oltin medal sohibiga — 66 million söm, öqituvçisiga — 22 million söm;
Kumuş medal sohibiga — 44 million söm, öqituvçisiga — 15,4 million söm;
Bronza medal sohibiga — 22 million söm, öqituvçisiga — 13,2 million söm.
Şuningdek, öquvçilarni olimpiadalarga tayyorlagan ustozlarning malaka toifasi bir poğonaga kötariladi. Mintaqaviy xalqaro olimpiada hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqiçi ğoliblari kelgusida taʼlim muassasalarida özlari ğolib bölgan fandan dars bergan taqdirda, ularning lavozim maoşiga har oylik 100 foiz ustama qöşib beriladi.
[gallery-32642]
Albatta, bu muvaffaqiyatlar ortida faqat iqtidor emas, balki yillar davomidagi mehnat, ustozlar sabri va ota-onalarning işonçi ham bor. Zero, bugun qölga kiritilayotgan medallar ertangi ilm-fan kaşfiyotlari va mamlakat taraqqiyoti uçun mustahkam poydevor.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA