Noyabr oyining sönggi kunlarida Toşkentda havo ifloslanişi xavfi ortadi
Toşkent şahrida noyabr oyining dastlabki 21 kunida havo sifati ötgan yilning şu davriga nisbatan sezilarli yaxşilangan. Biroq, oyning sönggi kunlarida, ayniqsa, 27–30-noyabr kunlari atmosferada mayda dispersli PM2,5 zarraçalari miqdori ortişi xavfi mavjud.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tizimidagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) tahlillariga köra, 2026-yil noyabr oyining 1–21-noyabr kunlari Toşkent havosida PM2,5 zarraçalari miqdori 2025-yilning şu davriga nisbatan qariyb 50 foizga kamaygan. Şuningdek, joriy yilda uşbu zarraçalarning sutkalik ruxsat etilgan meʼyori (60 mkg/m³) atigi 4 kun davomida oşgan bölsa, 2025-yilda bu holat 15 kun kuzatilgan.
Qayd etilişiça, havo sifatiga şamol, yoğingarçilik, atmosfera frontlari va harorat inversiyasi kabi meteorologik omillar sezilarli taʼsir körsatişi mumkin.
Joriy yil 31-oktabr – 20-noyabr kunlari Olmazor, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlaridan olingan PM2,5 namunalarining laboratoriya tahlillari ham ötkazilgan. Natijalarga köra, havodagi ifloslantiruvçi zarraçalar tarkibining örtaça 48 foizi sanoat, transport va energetika sohalaridagi yoniş jarayonlari hissasiga töğri kelgan. Tabiiy çang uluşi 38 foizni, manbasi aniqlanmagan komponentlar 11 foizni, oğir metallar esa 2 foizni taşkil etgan. Tahlillar ob-havo şaroitiga qarab ifloslaniş manbalari uluşi ham özgarişini körsatgan. Xususan, 19–20-noyabr kunlari şamol taʼsirida Olmazor tumanida tabiiy çang uluşi 57 foizga yetgan. 17–19-noyabr kunlari esa Mirzo Uluğbek tumanida oğir metallar uluşi 10 foizgaça kötarilgan.
Meteorologik kuzatuvlarga köra, havo turğun bölgan kunlarda PM2,5 zarraçalari konsentratsiyasi keçki va tungi soatlarda sezilarli oşadi. Masalan, 13–18-noyabr kunlari soat 22:00 da ularning miqdori 75 mkg/m³ ga yetgan bölsa, kunduzi soat 13:00 da 26 mkg/m³ gaça pasaygan. Buning asosiy sababi harorat inversiyasi tufayli ifloslantiruvçi moddalarning yerga yaqin havo qatlamida töplanişidir.
Noyabr oyining sönggi kunlarida ob-havo qanday böladi?
GMITI olimlari ECMWF ansambl modeli asosida tayyorlagan prognozga köra, 22–26-noyabr kunlari Toşkentda havo nisbatan iliq böladi. Kunduzi harorat +14…+25, keçasi esa +6…+9 daraja atrofida bölişi kutilmoqda. Şamol tezligi asosan sekundiga 1–2 metrni taşkil etadi. 24-noyabr kuni yomğir yoğiş ehtimoli 92 foizga baholangan. 26-noyabr kuni keçqurun ham yoğingarçilik kuzatilişi mumkin. Atmosfera frontlari taʼsirida yomğirli kunlarda havoning qisman tozalanişi kutilmoqda. Biroq, 22 va 25-noyabr kunlari keçki hamda tungi soatlarda harorat inversiyasi sababli ifloslantiruvçi moddalar miqdori qisqa muddatga ortişi mumkin.
Eng noqulay vaziyat 27–30-noyabr kunlariga töğri kelişi prognoz qilinmoqda. Bu davrda harorat inversiyasi kuçayib, antitsiklon şakllanişi kutilmoqda. 27–28-noyabr kunlari atmosfera bosimi 1028–1029 gPa gaça kötarilişi mumkin. Şamol tezligi sekundiga 0,5–1,5 metr atrofida böladi, yoğingarçilik esa kutilmayapti.
Mutaxassislar aynan şu kunlarda, ayniqsa, isitiş mavsumi bilan boğliq çiqindilar taʼsirida PM2,5 zarraçalari konsentratsiyasi oşişi xavfi yuqori ekanini taʼkidlamoqda. Tungi va ertalabki soatlarda tuman tuşişi ehtimoli ham mavjud.
30-noyabrdan atmosfera bosimi pasayişi va harorat inversiyasi xavfi örta darajaga tuşişi kutilmoqda.
Ötgan yilgi körsatkiçlar bilan taqqoslaganda
2025-yilning 22–30-noyabr kunlari Toşkentda PM2,5 zarraçalarining örtaça konsentratsiyasi 161 mkg/m³ ni taşkil etgan. Töqqiz kunning barçasida sutkalik ruxsat etilgan meʼyordan oşiş holati kuzatilgan. Joriy yilda esa atmosfera frontlari taʼsiri tufayli ötgan yilgi kabi uzluksiz yuqori ifloslaniş holati kutilmayapti.
Şunga qaramay, noyabr oyining sönggi kunlaridagi ob-havo şaroiti havo sifatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şu bois ifloslaniş manbalarini nazorat qiliş, atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytiriş va ekologik vaziyatni doimiy kuzatib boriş muhim ahamiyatga ega.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA