O‘zbekistonlik hakamlar Elit OCHLning ilk turida muhim uchrashuvlarni boshqaradi
Ilgiz Tantashev avvalgi mavsum OCHL finalini ham boshqargan edi.
O‘zbekistonlik hakam va rasmiylar Osiyo Elit Chempionlar ligasi yangi mavsumining dastlabki tur uchrashuvlarida faoliyat olib boradi.
15-sentyabr kuni BAAda «Al-Ayn» va «An-Nasr» jamoalari o‘rtasida o‘tadigan bahsni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanot hakamlari Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi. Ahrol Risqullayev esa VAR hakami sifatida ishlaydi.
Bundan tashqari, yana ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis OCHLning 1-tur uchrashuvlariga tayinlangan.
14-sentyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan «Al-Qodisiya» — «Al-Vasl» uchrashuvida Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.
16-sentyabr kuni Tailandda «Port FC» va «Vissel Kobe» o‘rtasidagi bahsda esa Valentin Kovalenko hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.
Ilgiz Tantashev avvalgi mavsum OCHL finalini ham boshqargan edi.