Özbekiston ziyolilari milliy yuksaliş yölida birlaşmoqda
Özbekiston tarixida ilk bor «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning hududiy yiğilişlari boşlanadi. Unda mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning örni va dolzarb masalalar muhokama etiladi.
Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor 10–14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning hududiy yiğilişlari bölib ötadi.
«Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida taşkil etilayotgan mazkur tadbirlarda ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boşqa sohalar vakillari iştirok etadi.
Yiğilişlardan közlangan asosiy maqsad – mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning bilim va tajribasidan samarali foydalaniş, hududlardagi dolzarb masalalarni keng muhokama qiliş hamda ularning yeçimiga qaratilgan amaliy taklif va taşabbuslarni işlab çiqişdan iborat.
Tadbirlar davomida ilgari surilgan taşabbus va takliflar umumlaştirilib, «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning respublika yiğilişida taqdim etiladi.
Mazkur uçraşuvlar ziyolilarni umummilliy maqsadlar atrofida birlaştiriş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş va mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
ÖzA