O‘zbekiston — Xitoy (Sichuan) xalqaro mahsulotlar ko‘rgazmasi ish boshladi (+video)
Poytaxtimizda “Ipak yo‘li anjumanini birgalikda o‘tkazib, Ipak yo‘li kelajagini birgalikda bunyod etamiz” mavzusidagi 2026-yilgi Xitoy (Sichuan) — O‘zbekiston xalqaro mahsulotlar ko‘rgazmasi Toshkent shahridagi " Anhor ko‘rgazmalar markazida ish boshladi.
Sichuan xalqaro ko‘rgazmalar guruhi kompaniyasi va Chengdu xalqaro savdo palatasi hamkorligida tashkil etilgan Xitoy–O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi Sichuan tomonidan xorijda mustaqil ravishda tashkil etilgan ilk xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, Sichuan va O‘zbekiston o‘rtasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun muhim platformaga aylangan.
Joriy ko‘rgazmada jami 211 ta korxona ishtirok etmoqda, xorijiy professional tashrif buyuruvchilar soni qariyb 20 ming nafarga yetishi kutilmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa xorijiy yetakchi ommaviy axborot vositalari ko‘rgazmani to‘liq yoritib boradi. Ko‘rgazmaning ommabopligi va ko‘lami izchil ortib, uning mamlakat ichidagi hamda xalqaro ta’sir doirasi yanada kengaymoqda.
Ko‘rgazma davomida B2B biznes muzokaralari, loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqa tadbirlar ham o‘tkazilib, ko‘rgazma namoyishlari bilan talab va taklifni o‘zaro bog‘lashni chuqurlashtirish hamda Sichuan va O‘zbekistonning turli sohalardagi amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumot uchun, mazkur ko‘rgazma 24-sentabrga qadar davom etadi.
Muhayyo Turdaliyeva, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA