Özbekiston va Tojikiston futzal terma jamoalari örtasida nazorat uçraşuvlari ötkazildi
FIFA taqvimidan örin olgan xalqaro öyinlar kunlarida futzal böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston milliy terma jamoasiga qarşi ikkita örtoqlik uçraşuvini ötkazdi. Yangi boş murabbiy Bahodir Ahmedov boşçiligidagi futzalçilarimiz mazkur bahslarda bir ğalaba va bir durang qayd etdi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi Terma jamoalar markazida muxlislar iştirokisiz, yopiq eşiklar ortida ötkazilgan dastlabki uçraşuvda hamyurtlarimiz raqib darvozasiga javobsiz uçta töp kiritib, 3:0 hisobida zafar quçdi.
Keça poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida taşkil etilgan ikkinçi bellaşuv esa murosasiz keçdi. Har ikki jamoa bir martadan raqib darvozasini işğol qildi va bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Mazkur nazorat uçraşuvlari milliy terma jamoamiz uçun yangi murabbiylar ştabi boşçiligida jamoaviy öyinni takomillaştiriş, futbolçilarning özaro hamjihatligini mustahkamlaş hamda turli taktik yondaşuvlarni sinovdan ötkaziş imkoniyatini berdi.
[gallery-32448]
Ikki uçraşuv yakunida qayd etilgan natijalar terma jamoamizning keyingi tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA