Özbekiston va Koreya: sport sohasida hamkorlik
Özbekiston Respublikasi Sport vazirligida Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokaralar bölib ötdi. Uçraşuvda döstona aloqalarni mustahkamlaş, sport, savdo va taʼlim sohalarida yangi hamkorlik yönalişlarini oçiş masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro tekkyon federatsiyasi prezidenti, Çungju şahri Savdo-sanoat palatasi rahbari Daye-Sik Mun boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari Özbekiston Respublikasi sport vaziri örinbosari Şahrillo Mahmudov bilan muloqot çoğida özaro işonçga asoslangan hamkorlik aloqalari alohida eʼtirof etildi. Siyosiy, iqtisodiy va sport yönalişidagi hamkorlik aloqalari izçil rivojlanayotgani, qöşma loyihalar amalga oşirilayotgani taʼkidlandi.

Suhbat jarayonida sport sohasidagi özaro aloqalarni yanada kengaytiriş, hamkorlikni mustahkamlaş, koreyslarning milliy sporti tekkyon va özbek milliy sport turlarini xalqaro miqyosda ommalaştiriş istiqbollari yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Koreyalik mehmonlar mamlakatimizga taşrif davomida poytaxtimiz tumanlari, Çirçiq şahri hamda Bekobod tumanida amaliy uçraşuvlar va tadbirlarda iştirok etiş, tadbirkorlar bilan muloqotlar ötkaziş, şuningdek, kelgusidagi qöşma taşabbuslarni muhokama qiliş rejalaştirilganini aytib ötdi.

Şuningdek, Çungju şahri vakillari Özbekiston hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlarini örganiş, tadbirkorlar örtasida töğridan-töğri muloqot örnatiş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni muhokama qilişni maqsad qilinganini bildirdi.
Mehmonlar poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi”dagi muzey faoliyati bilan tanişib, özbek sportida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, sportçilarimizning xalqaro maydondagi yuksak ğalabalarini eʼtirof etdi.
T.Röziyev,
ÖzA