Özbekiston va Ömon yetakçilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
Masqat şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidni ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Ömon Sultoni ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qöşgan ulkan hissasi uçun Prezidentimizni Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirladi.

Davlatimiz rahbari bunday yuksak eʼtirof uçun Ömon Sultoniga samimiy minnatdorlik bildirib, uşbu mukofotni butun Özbekiston xalqiga, mamlakatlarimiz örtasidagi azaliy döstlik va mustahkam hamkorlikka körsatilgan yuksak hurmat ifodasi sifatida qabul qilişini taʼkidladi.
Öz navbatida, Prezidentimiz Ömon Sultonini mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan mukofotladi.

Taʼkidlanganidek, uşbu mukofot Ömon Sultonining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş yölidagi saʼy-harakatlariga Özbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Yetakçilarning oliy davlat mukofotlari bilan özaro taqdirlanişi tomonlarning köp qirrali şeriklikni yanada mustahkamlaşga bölgan qatʼiy intilişini namoyon etdi.