Suv diplomatiyasi: kelajakda davlatlar örtasidagi munosabatni suv resurslari belgilaydimi?
Suv XXI asrda nafaqat ekologik va iqtisodiy resurs, balki davlatlar örtasidagi siyosiy munosabatga taʼsir körsatuvçi strategik omilga aylanmoqda. Iqlim özgarişi, aholi soni köpayişi, sanoat va qişloq xöjaligi ehtiyoji ortişi çuçuk suvga talabni kuçaytirmoqda. Ayniqsa, bir daryo yoki suv havzasidan bir neça mamlakat foydalanadigan hududda suv taqsimoti masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etyapti. Şu bois suv diplomatiyasi kelgusi yillarda xalqaro munosabatning muhim şartiga aylanişi kutilyapti.
Bu jarayon Markaziy Osiyo uçun ayniqsa dolzarb. Mintaqadagi asosiy suv manbalari – Amudaryo va Sirdaryo bir neça davlatdan ötadi. Toğli hududda şakllanadigan suv zaxirasi asosan quyi oqimdagi mamlakatlarning suğorma dehqonçiligi, aholi ehtiyoji va sanoati uçun ham muhim. “Ariq boşi”da joylaşgan Qirğiziston va Tojikiston uçun esa suv energetika sohasi uçun beqiyos ahamiyatga ega. Demak, bir mamlakatning suvdan foydalaniş rejasi boşqa davlat qişloq xöjaligi yoki energetikasiga bevosita taʼsir qiladi.
Jahon banki maʼlumotiga köra, Markaziy Osiyoda çuçuk suv isteʼmolining qariyb 90 foizi qişloq xöjaligi hissasiga töğri keladi. Yaʼni suvni tejaş, irrigatsiya tizimini modernizatsiya qiliş va yöqotişni kamaytiriş mintaqaviy xavfsizlikning muhim şarti. Ayni payt suv va energetika masalasi bir-biridan ayro hal etilmaydi: yuqori oqimdagi yurtlar suv energetikasi imkoniyatidan foydalanişga intilsa, quyi oqim hududi vegetatsiya mavsumida oqim barqarorligidan manfaatdor.

Şu sababli suv diplomatiyasining asosiy vazifasi resursni taqsimlaşdangina iborat emas, balki suv va energiya manfaatini muvofiqlaştiriş, umumiy infratuzilmadan birga foydalaniş, suv sarfini aniq hisobga oliş hamda favqulodda vaziyatda özaro yordam mexanizmi yaratilişini ham qamrab oladi. Bu borada Markaziy Osiyo davlatlari amaliy hamkorligi tobora mustahkamlanmoqda. 2025-yil 15-noyabrda Özbekiston va Qozoğiston transçegaraviy suv obʼektlarini birga boşqariş va zaxiradan oqilona foydalaniş töğrisida bitim imzoladi. 2026-yil may oyida Özbekiston va Qirğiziston qöşma suv xöjaligi komissiyasi navbatdagi yiğilişi ötkazildi. Iyunda esa Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston joriy yil mavsumi uçun suv hajmi va elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişdi.
Mintaqada suv munosabatiga taʼsir körsatuvçi yana bir omil – Afğonistondagi irrigatsiya loyihalari. Masalan, Qöştepa kanali qurilişi Amudaryo suvidan foydalaniş masalasini yangi bosqiçga olib çiqdi. Mazkur taşabbus obi hayot taqsimotiga taʼsir körsatişi mumkinligi bois, quyi oqimdagi davlatlar uçun resursni rejalaştiriş yanada dolzarblaşmoqda. Bunday şaroitda Afğoniston bilan texnik muloqot, suv sarfi böyiça maʼlumot almaşiş va özaro manfaatli kelişuvga erişiş mintaqaviy hamkorlikning muhim şartidir.

Xalqaro taşkilotlar ham bu jarayonni qöllab-quvvatlamoqda. 2026-yil 21-iyul kuni Jahon banki Markaziy Osiyoda transçegaraviy suv hamkorligini rivojlantiriş loyihasini maʼqulladi. Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi Ijroiya qömitasiga ajratiladigan 20 million dollarlik grant resursni boşqariş, maʼlumot almaşiş va mintaqaviy muvofiqlaşuv salohiyatini oşirişga yönaltiriladi. Loyihadan mintaqadagi qariyb 40 million kişi bevosita yoki bilvosita manfaat körişi kutilyapti.
Suv diplomatiyasi samarasi faqat bitim soni bilan ölçanmaydi. Kelişuv amalga tatbiq etilişi, suv zaxirasi va daryo oqimi haqida işonçli maʼlumot almaşinuvi, zamonaviy hisoblaş va monitoring tizimi joriy etilişi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bundan taşqari suv tejaydigan texnologiyani keng qöllaş, eskirgan ariqlarni taʼmirlaş, tomçilatib va yomğirlatib suğorişni rivojlantiriş orqali umumiy resursga bosimni kamaytiriş mumkin. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ham Markaziy Osiyoda umumiy daryolar böyiça hamkorlik kuçayganini qayd etar ekan, transçegaraviy yer osti suvi masalasida hali qöşimça kelişuvlarga ehtiyoj borligini taʼkidlagan.
Xulosa şuki, kelajakda davlatlar örtasidagi munosabatni faqat resurslar emas, balki zaxirani boşqarişga yondaşuv va hamkorlik darajasi belgilaydi. Suv tanqisligi muqarrar ravişda nizoga olib keladi, deyiş noörin. Binobarin, şaffof maʼlumot, özaro işonç va adolatli kelişuv mavjud bölsa, umumiy suv manbalari davlatlarni yaqinlaştiruvçi omilga aylanadi. Markaziy Osiyo uçun esa suv diplomatiyasi nafaqat ekologiya muammosiga javob, balki mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot va yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaş vositasidir.
Musulmon Ziyo,
ÖzA şarhlovçisi