O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: Ishbilarmonlik ko‘lami kengaymoqda
Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir strategik sheriklikni chuqurlashtirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Anjumanga ikki mamlakat yuqori martabali rasmiy shaxslari boshchilik qilgani ushbu muloqot tomonlar uchun oʻta muhimligidan dalolat.
Forumda soʻzga chiqqanlar savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojining ijobiy surʼatini alohida qayd etdilar. 2026-yil birinchi choragida Oʻzbekistonning Moʻgʻulistonga eksporti 15,6 foizoshdi. Yurtimizda ushbu davlat ishtirokida 20korxona muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgani kelgusi kooperatsiya aloqalari uchun mustahkam poydevor yaratgan.

Tizimli yondashuv va mavjud salohiyatni ishgasolish orqali tez fursatda oʻzaro tovar ayirboshlash qiymatini 100 million dollardan oshirish mumkinligi qayd etildi. Maqsadga erishish uchun tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqani faollashtirish, savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etish rejalashtirilgan.
Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi. Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalari negizida Moʻgʻuliston yungi va kashmirini qayta ishlash boʻyicha qoʻshma quvvatlar ochish masalasi muhokama qilindi. Ayni yondashuv yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tovar ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni boshqa mamlakatlarga eksport qilish imkonini beradi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida asosiy eʼtibor chorvachilikka qaratildi. 2029-yilga borib Oʻzbekistonda moʻgʻul zotli qoʻylar sonini 1 millionga yetkazish koʻzda tutilgan. Bu jarayon hamkor mamlakat agrar sektoriga respublikamizning issiqxona xoʻjaligi va tomchilatib sugʻorish tizimi texnologiyasini joriy etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Logistika yoʻnalishlarini rivojlantirish mavzusi ham diqqat markazida boʻldi. Tomonlar Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy – Moʻgʻuliston yoʻlagi boʻylab sinov tariqasida yuk tashuviniyoʻlga qoʻyish niyatini bildirdilar. Transport yoʻnalishlari muvofiqlashuvi xarajatni sezilarli darajada kamaytirib, hududlar arotovar yetkazib berish vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi.

– Oʻzbekiston – Moʻgʻuliston biznes-forumi ilk bor roud-shou formatida tashkil etildi, – deydi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bosh mutaxassisi Sayidabdulloh Rahimov. – Mazkur yirik tadbir oʻtgan yil davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelushuvlarning mantiqiy davomidir. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyaviy yangi loyihalarni amalga oshirish jarayonida ikki tomon ishbilarmon doiralarini qoʻllab-quvvatlash. Bir joyda toʻplangan 100 ga yaqin tadbirkor orasida Moʻgʻulistonning 40 dan ziyod yirik kompaniya va tarmoq vakillari,ishbilarmonlar bor. Xorijiy delegatsiya aʼzolari mamlakatimizga tashrifi doirasida yirik sanoat texnoparklari, agroklasterlar, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar bilan yaqindan tanishdi. Muloqotlar davomida koʻplab ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.
Geologiya va mineral resurslar sohasi sheriklik rivojining yangi omili sifatida eʼtirof etildi. Ayni yoʻnalishda Ulan-Bator shahrida Oʻzbekiston Geologiya vazirligi vakolatxonasi ochildi. “Mon-Atom” kompaniyasi bilan birga Moʻgʻuliston hududidagi uran konlarini oʻzlashtirish loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda.
Qayd etish kerak, Moʻgʻuliston delegatsiyasi tarkibida farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan “Suzur Health Med”, chorvachilik yoʻnalishidagi “Prime Nomadic Meat”, qurilish bilan shugʻullanuvchi “Tsamkhag Construction”, toʻqimachilikka yoʻnaltirilgan “Khos Art”, yuqori texnologiyalar sohasidagi “New Tech Mandala”singari iqtisodiyotning turli muhim tarmoqlaridagi yetakchi kompaniya rahbarlari bor.
Forum doirasida tashkil qilingan V2V va G2B formatidagi uchrashuvlar chogʻida kelgusi loyihalarning aniq roʻyxati shakllantirilib, qoʻshma investitsiyaviy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydigan, doimiy ishlaydigan mexanizm yaratishga kelishib olindi.
Goʻzal Sattorova, OʻzA