Özbekiston va Koreya: parlamentlararo hamkorlik yanada kengaytiriladi
Özbekiston parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga taşrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Milliy Assambleyaning Madaniyat, sport va turizm qömitasi raisi, “Koreya - Özbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Kim Gyo Xon bilan uçraşdi.
Unda Özbekiston va Koreya örtasida parlamentlararo hamkorlikni kengaytiriş hamda oliy darajada erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosini taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat örtasidagi parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyati izçil rivojlanib, parlament qömitalari darajasida muloqot ötkaziş va özaro tajriba almaşiş imkoniyatlari kengayib borayotgani taʼkidlandi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) kömagida Oliy Majlis palatalarida amalga oşirilayotgan «Elektron parlament» loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur loyiha doirasida parlament faoliyatini raqamlaştiriş, mahalliy kengaşlar bilan elektron hamkorlikni rivojlantiriş hamda zamonaviy texnologiyalar, şu jumladan, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş istiqbollari körib çiqildi.
Madaniyat, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş, hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş, yoş parlament aʼzolari örtasida tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni ilgari suriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
2027-yilda ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligi hamda koreys diasporasining Özbekistonda istiqomat qilayotganiga 90 yil tölişi munosabati bilan qöşma parlament tadbirlarini taşkil etiş muhimligi qayd etildi.
N.Abduraimova,
ÖzA