O‘zbekiston va Bolgariya: amaliy hamkorlik kengaytiriladi, qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
Oliy Majlis Senatiga Bolgariya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ivanka Tasheva tashrif buyurdi.
Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi, “O‘zbekiston - Bolgariya” parlamentlararo hamkorlik guruhi hamraisi Alisher A’zamxo‘jayev bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni rivojlantirish hamda ikki mamlakatning amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni izchil davom ettirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, turizm, ta’lim va ilm-fan sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
N.Abduraimova,
O‘zA