O‘zbekiston – Turkiya strategik munosabati tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov Turkiya Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Turkiya strategik munosabatida kelajak uchun umumiy istiqbol” mavzusiga bag‘ishlangan simpoziumda ishtirok etdi.
Milliy kutubxonada bo‘lib o‘tgan yirik tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, ikki davlat vazirlik, idoralar rahbarlari, yetakchi siyosatshunoslari, ekspertlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalasini muhokama qilish, konseptual yechimlar ishlab chiqish maqsadida yig‘ildi.


Tadbirda Turkiya tajribasi va texnologiyasini o‘rganish, tahlil qilish, O‘zbekiston mutaxassislari malakasini oshirish, resurs, investitsiya muhiti afzalligi haqida fikr, tajriba almashildi.

Shundan kelib chiqqan holda savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ekspertlar fikri, aniq takliflar ilgari surildi.
O‘zA