O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda raqamli marketing vositalaridan foydalanish
Soliha Mirodiljon qizi ISOMUHAMMEDOVA mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent, Oʻzbekiston solihaxamidzoda@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda raqamli marketing vositalaridan (ijtimoiy tarmoqlar, SEO, kontent- va influencer-marketing, sun’iy intellektga asoslangan shaxsiylashtirish) foydalanish tadqiq etilgan. 2020–2026-yillarda Scopus bazasida indekslangan xorijiy va mahalliy olimlar ishlari tahlili asosida bu vositalarning O‘zbekiston turizmini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy mexanizmlari tizimlashtirildi. Maqola so‘ngida amaliy tavsiya va takliflar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: raqamli marketing, turizm marketingi, ijtimoiy tarmoqlar, SEO, influencer-marketing, O‘zbekiston turizmi, raqamli transformatsiya.