Agrologistika xizmatlarini tashkil etishda yuk tashish tizimini takomillashtirish
Dadajon Rustamovich DADABAYEV mustaqil izlanuvchi Namangan davlat texnika universiteti Namangan, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada agrologistika tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblangan yuk tashish jarayonlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tahlil qilingan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tez buziluvchanligi, saqlash va tashish sharoitlariga yuqori darajada bog‘liqligi transport-logistika tizimini samarali tashkil etishni talab etadi. Shu bois tadqiqotda yuk tashish jarayonida yuzaga kelayotgan infratuzilmaviy, tashkiliy va texnologik muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar transport jarayonlarini optimallashtirish orqali mahsulot yo‘qotishlarini kamaytirish, logistika xarajatlarini qisqartirish hamda eksport salohiyatini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Tayanch so‘zlar: agrologistika, yuk tashish tizimi, transport infratuzilmasi, logistika samaradorligi, ta’minot zanjiri, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, raqamli logistika, eksport salohiyati.