O‘zbekiston termasi yig‘inga kirdi: Fayzullayev Shomurodov va raqiblar haqida!
O‘zbekiston terma jamoasining yig‘ini boshlandi. Asosiy yulduzlar safda. Abbosbek Fayzullayev muhim mavzularda jurnalistlar savollariga javob berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bugundan boshlab Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga allaqachon termamizning asosiy yulduzlari, xususan, Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov kabi futbolchilarimiz kelib qo‘shilgan.
Mashg‘ulot jarayoni boshlanishidan avval "Bashakshehir" klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Termamiz hujumchimi FIFA kunlaridagi raqiblarimiz, terma jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar va Eldor Shomurodov bilan bir jamoada to‘p tepishning afzalliklari xususida so‘z yuritdi.
Ushbu jarayonni O‘zbekiston Milliy axborot agentligining "You Tube" sahifasi orqali tomosha qiling.
Karim Xudoyqulov, O‘zA