Özbekiston terma jamoasi Rossiyaga mağlub böldi
Toşkent şahridagi «Paxtakor» stadionida futbol böyiça Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida örtoqlik uçraşuvi bölib ötdi.
Uşbu öyinning 5-daqiqasida Aziz Ğaniyevning burçakdan uzatgan töpi rossiyalik himoyaçi Viktor Melyoxin oyoğiga tegib, darvozaga kirdi. Natijada hisob oçilib, Özbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida oldinga çiqdi.
Ikkinçi bölimning 46-daqiqasida Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan söng Behruz Karimov aniq zarba bilan töpni darvozaga joylab, ustunlikni oşirdi — 2:0.
Biroq, uçraşuvning keyingi qismida Rossiya terma jamoasi vaziyatni öz foydasiga özgartirişga muvaffaq böldi. Nikolay Komliçenko 70 va 75-daqiqalarda ikkita gol kiritib, hisobni tenglaştirdi. 79-daqiqada esa Aleksey Mirançuk mehmonlarning uçinçi goliga mualliflik qildi.
Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi ikki golli ustunlikni saqlab qola olmadi va uçraşuvda 2:3 hisobida mağlub böldi.
Maʼlumot uçun, Fabio Kannavaro qöl ostidagi futbolçilarimiz FIFA kunlari doirasidagi ikkinçi öyinini 17-noyabr sanasida Saudiya Arabistoni termasiga qarşi ötkazadi. Qatar poytaxti Doha şahridagi «Jassim bin Hamad» öyingohida bölib ötadigan töqnaşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:30 da boşlanadi.
Javohir Toşxöjayev,
Sarvar Örmonov (surat),
ÖzA