O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda oq rangli libosda harakat qiladi
Dastlabki turda terma jamoamiz Kolumbiyaga qarshi 18-iyun kuni Meksikada bahs olib boradi.
O‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining turnirda qanday liboslardan foydalanishi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz guruh bosqichidagi 3ta uchrashuvning barchasida uy libosimiz sanaladigan oq rangli sport formalarida maydonga tushadi. Dastlabki turda terma jamoamiz Kolumbiyaga qarshi Meksikada bahs olib boradi. Ikkinchi turda Portugaliya bilan kuch sinashsa, so‘nggi o‘yin Kongo DRga qarshi bo‘lib o‘tadi.


