Özbekiston Saudiya Arabistoni ustidan ğalabadan söng FIFAning jonli reytingida 58-öringa kötarildi
58-örin jonli jadvalda bo'lib, FIFAning rasmiy yangilanişi 18-noyabrga belgilangan.
Özbekiston milliy terma jamoasi noyabrdagi ikki örtoqlik bahsidan söng reyting oçkolarini 1 418,10 taga yetkazdi. Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan ğalaba Rossiyaga qarşi bahsda yöqotilgan oçkolarni qopladi.
Fabio Kannavaro şogirdlari 12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida Rossiyaga qarşi 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq bahsni 2:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunladi. Şu natijadan söng Özbekiston 3,86 oçko yöqotdi va jonli jadvalda 59-örindan 61-öringa tuşdi.
17-noyabr kuni Dohada terma jamoamiz Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida yengdi. Har ikki golni Şerzod Esanov urdi. Ğalaba Özbekistonga 5,35 oçko keltirdi. Ikki bahs yakunida jamoamizning reyting körsatkiçi oktyabrdagi 1 416,61 oçkoga nisbatan 1,49 oçkoga o‘sdi.
58-örin jonli jadvalda bo'lib, FIFAning rasmiy yangilanişi 18-noyabrga belgilangan.