Jahon matbuoti Özbekiston haqida (+video)
Özbekiston Milliy axborot agentligining xorijiy hamkorlari Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik va madaniy aloqalarga oid yangiliklarni öz naşrlarida keng yoritmoqda.
“Anadolu” axborot agentligi Özbekistonning Markaziy Osiyo iqlim integratsiyasi modeli taşabbusi hamda “Kelajak metallari texnoparklari” loyihasi haqida, Qirğizistonning “Kabar” agentligi ikki davlat örtasidagi agrar hamkorlik, qöşma agro korxona taşkil etiş va “yaşil yölak” taşabbuslari töğrisida maqolalar eʼlon qilgan.
Şuningdek, Qozoğistonning “Kazinform” agentligi töqimaçilik mahsulotlari eksportini oşiriş rejasi va isteʼmolçilar huquqini himoya qilişga qaratilgan çoralar, Ozarbayjonning “AzerTAJ” va “Trend” agentliklari esa “yaşil energiya” yölagi, mintaqaviy transport hamkorligi hamda Jahon banki bilan qöşma loyihalarni kengaytiriş masalalarini yoritdi. Mazkur naşrlarda çop etilgan materiallar Özbekistonning xalqaro taşabbuslari, iqtisodiy hamkorlik aloqalari va mintaqaviy jarayonlar xorijiy ommaviy axborot vositalari eʼtiborida ekanini körsatadi.
Videoning töliq şakli bilan “YouTube” sahifamizda tanişing!
Fardona Yaxşiboyeva,
Uluğbek Töxtayev (video),
ÖzA