O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ta’limga oid normalar tahlili va ularni Markaziy Osiyo davlatlari bilan qiyosiy-huquqiy o‘rganish
Xakim Qavulovich OLIMOV magistrant M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqot universiteti Chirchiq filiali Chirchiq, Oʻzbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’lim huquqini kafolatlovchi normalarning mazmun-mohiyati tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston konstitutsiyalaridagi ta’limga oid qoidalar bilan qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi zamonaviy huquqiy yondashuvi, xususan, ona tilida ta’lim olish, xususiy ta’lim muassasalarining erkinligi, inkluziv ta’lim hamda akademik erkinlik kabi masalalar ilmiy asosda ochib bernlgan.
Tayanch so‘zlar: O‘zbekiston Konstitutsiyasi, ta’lim huquqi, ona tilida ta’lim, xususiy ta’lim, bolalar huquqlari, Markaziy Osiyo davlatlari, qiyosiy tahlil, inson kapitali, akademik erkinlik, inkluziv ta’lim.