Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish: Toshkent shahri mahallalari misolida
Dilfuza Kamolovna DJUMANIYAZOVA Dotsent falsafa fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: dilfuzakamol74@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada Toshkent shahri mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish masalalari tahlil qilingan. Jinoyatchilikning oldini olishda mahalla institutining o‘rni, profilaktika inspektorlari faoliyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida Toshkent shahri mahallalarida sodir etilgan jinoyatlar statistikasi tahlil qilinib, barvaqt profilaktikani takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: mahalla, jinoyatchilik, profilaktika, barvaqt profilaktika, jamoatchilik nazorati, profilaktika inspektori, xavf guruhi, huquqbuzarlik.