O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi
Tbilisi shahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili samimiy qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushildi. Ayni paytda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.



