O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.
Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.



