Özbekiston Prezidenti BMTTD Administratori bilan uçraşuv ötkazdi
Antaliya şahrida bölib ötayotgan global iqlim sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Aleksandr De Kroo bilan uçraşuv ötkazdi.
Barqaror rivojlaniş va iqlim özgarişi oqibatlarini bartaraf etiş sohalarida BMT Taraqqiyot dasturi bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimiz uçun 2030-yilgaça bölgan davrga möljallangan yangi dasturini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Şeriklik ijobiy surʼatda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oxirgi beş yilda umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod bölgan 100 dan ortiq qöşma loyiha amalga oşirildi, hamkorlikning umumiy hajmi esa 550 million dollardan oşdi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar “yaşil” transformatsiya, iqlim moliyasi mablağlarini jalb qiliş, Orolböyi böyiça qöşma dasturlarni amalga oşiriş hamda iqlim özgarişi oqibatida yuzaga keladigan yöqotişlar va zararni baholaş mexanizmlarini takomillaştiriş yönalişlarida hamkorlikni faollaştirişga tayyor ekanini bildirdi.