Iordaniyada «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» kitobi taqdimoti ötkaziladi
Ertaga – 19-noyabr kuni Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» nomli asari taqdimoti bölib ötadi.
Mazkur tadbir Özbekistonning bugungi taraqqiyot yöli, keng kölamli islohotlari, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, boy tarixiy-madaniy merosi hamda mamlakatning xalqaro maydonda ilgari surayotgan tinçliksevar taşabbuslarini Iordaniya jamoatçiligiga keng tanitişga qaratilgan.
Taqdimot ikki mamlakat örtasidagi döstlik va özaro hurmat munosabatlarini mustahkamlaş, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va maʼrifiy aloqalarni yangi mazmun bilan boyitiş nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi Özbekiston: islohotlar markazida — inson qadri
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2024-yilda naşr etilgan «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» kitobi amalga oşirilgan islohotlar sarhisobi emas. Unda zamonaviy dunyoda keçayotgan murakkab geosiyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jarayonlar, insoniyat oldida turgan global muammolar hamda ularni hal etişda davlatlar zimmasidagi vazifalar çuqur tahlil qilingan.
Asarning asosiy ğoyasi — inson qadrini uluğlaş, xalq manfaatlarini taʼminlaş, huquq va erkinliklarni himoya qiliş, har bir fuqaro uçun munosib hayot va taraqqiyot imkoniyatlarini yaratişdan iborat.
Muallif mamlakat taraqqiyotini faqat iqtisodiy körsatkiçlar yoki işlab çiqariş hajmi bilan baholaş mumkin emasligini taʼkidlaydi. Asl yuksaliş insonning hayot sifati, bilim va salohiyati, huquqlari, ijtimoiy himoyasi hamda jamiyatdagi adolat va işonç muhiti bilan belgilanadi.
Kitobda ilgari surilgan «Davlat — inson uçun» tamoyili Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlarning boş mezoni sifatida namoyon böladi. Taʼlim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, kambağallikni qisqartiriş, bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va davlat boşqaruvini takomillaştiriş kabi yönalişlar yagona strategik maqsad — inson manfaatlariga xizmat qiladigan adolatli va farovon jamiyatni barpo etiş ğoyasi atrofida birlaştirilgan.
Iqtisodiy islohotlar va yangi imkoniyatlar
Bugun Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar iqtisodiyotning barça tarmoqlarini qamrab olgan. Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, investitsiyaviy muhitni yaxşilaş, xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantiriş, sanoatni modernizatsiya qiliş, eksport salohiyatini oşiriş va hududlarni kompleks taraqqiy ettirişga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Iqtisodiy ösiş surʼatlari uşbu islohotlarning amaliy natijalarini körsatmoqda. 2025-yil yakunlariga köra, Özbekiston yalpi içki mahsuloti 7,7 foizga ösib, qariyb 147 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Taşqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarga yetdi, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 43 milliard dollardan oşdi.
Sanoat, quriliş, xizmatlar, qişloq xöjaligi va eksport sohalaridagi ösiş mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiya qilinayotgani, yangi işlab çiqariş quvvatlari va iş örinlari yaratilayotganini körsatadi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş, «yaşil» iqtisodiyotga ötiş hamda transport-logistika imkoniyatlarini kengaytiriş Yangi Özbekistonning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasida muhim örin egallaydi.
Bu jarayonlar Özbekistonni nafaqat mintaqadagi yirik isteʼmol bozori, balki xalqaro işlab çiqariş, investitsiya va savdo aloqalari uçun istiqbolli hamkorga aylantirmoqda.
Özbekiston va Iordaniya: strategik muloqotdan amaliy hamkorlikka
Özbekiston va Iordaniya örtasidagi munosabatlar özaro hurmat, işonç va umumiy manfaatlarga asoslangan holda izçil rivojlanmoqda. Ikki davlatni siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik, maʼnaviy qadriyatlar va xalqaro xavfsizlik masalalariga nisbatan muştarak yondaşuvlar birlaştirib turadi.
2025-yil 26-avgust kuni Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning Özbekistonga ilk davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea böldi. Samarqandda ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan Qöşma bayonot qabul qilindi hamda turli sohalarni qamrab olgan 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Uşbu kelişuvlar investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş, qöşma komissiya faoliyati, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar, turizm, qişloq xöjaligi, veterinariya, standartlaştiriş, diniy işlar hamda havo transporti sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş uçun huquqiy asos yaratdi. Viza talablarini bekor qiliş töğrisidagi kelişuv esa ikki xalq örtasidagi aloqalarni yanada faollaştirişga xizmat qiladi.
Sönggi davrda ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. 2025-yil yakuniga köra, özaro tovar ayirboşlaş hajmi 79,2 foizga ösdi. Bugun Özbekistonda Iordaniya kapitali iştirokidagi 18 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
2026-yil 26–27-oktabr kunlari Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri boşçiligidagi delegatsiyaning Iordaniyaga amaliy taşrifi doirasida ikki mamlakatning davlat idoralari va yetakçi kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar ötkazildi. Iordaniya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan davra suhbatida sanoat kooperatsiyasi, qöşma işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş, investitsiyalarni jalb qiliş va özaro savdoni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, sanoat, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, energetika, geologiya, konçilik va transport-logistika sohalari hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida belgilandi.
2026-yil 6-noyabr kuni Astanada Aqaba jarayoni doirasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn örtasida bölib ötgan uçraşuv ham ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirişga bölgan siyosiy irodani tasdiqladi. Unda savdo, investitsiya, iqtisodiyot, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Bugun töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgani, Hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi ötkazilgani va Işbilarmonlar kengaşi taşkil etilgani hamkorlikning institutsional asoslari mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Buyuk tarix, boy maʼnaviy meros va zamonaviy madaniy yuksaliş
Özbekiston va Iordaniyani nafaqat siyosiy va iqtisodiy manfaatlar, balki umuminsoniy qadriyatlar, maʼnaviy yaqinlik va boy tarixiy merosga bölgan hurmat ham birlaştiradi.
Özbek zamini jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qöşgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluğbek kabi buyuk allomalarni yetiştirib bergan. Ularning ilmiy va maʼnaviy merosi asrlar davomida nafaqat Şarq, balki butun insoniyat tafakkuri va taraqqiyotiga taʼsir körsatib kelmoqda.
Yangi Özbekistonda uşbu bebaho merosni asrab-avaylaş, çuqur örganiş va uni zamonaviy ilm-fan hamda xalqaro maʼrifiy muloqot bilan uyğunlaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Toşkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ana şu ezgu maqsadning muhim ifodasidir. Markaz buyuk allomalar merosini örganiş, islom sivilizatsiyasining ilm-fan, maʼrifat va insonparvarlik taraqqiyotiga qöşgan hissasini xalqaro jamoatçilikka yetkaziş, turli mamlakatlar olimlari va tadqiqotçilari örtasida ilmiy muloqotni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Özbekistonda tarixiy obidalarni asraş, madaniy meros obʼektlarini qayta tiklaş, muzeylar, kutubxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantiriş böyiça ham izçil işlar amalga oşirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toşkent va Termiz kabi qadimiy şaharlarning boy merosi mamlakatning xalqaro madaniy nufuzini oşiriş, ziyorat va madaniy turizmni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat rahbari taʼkidlaganidek, «Islom, eng avvalo, insoniylik, ilm-fanni, bilimni, maʼrifatni va eng oliy fazilatlarni uluğlaydigan taʼlimotdir».
Bu yondaşuv Özbekistonning islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini tarğib etiş, bağrikenglik va millatlararo hamda dinlararo totuvlikni mustahkamlaş, jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşiş borasidagi saʼy-harakatlarida ham öz ifodasini topmoqda.
Tinçlik, bağrikenglik va maʼrifat — umumiy kelajak poydevori
Bugungi murakkab xalqaro vaziyatda tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, millatlar va dinlar örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaş butun insoniyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Özbekiston xalqaro maydonda oçiq, pragmatik va tinçliksevar taşqi siyosat yuritib, global muammolarni muloqot, özaro işonç va hamkorlik orqali hal etiş ğoyasini ilgari surmoqda. Mamlakatning xalqaro taşabbuslari mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlaş, Afğonistonda tinçlik örnatiş, ekologik muammolarni hal etiş va maʼrifiy diplomatiyani rivojlantirişga qaratilgan.
Iordaniya Podşohligi ham mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni taʼminlaş, bağrikenglik va dinlararo muloqotni qöllab-quvvatlaş borasida muhim taşabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Şu jihatdan ikki mamlakatning mazkur yönalişlardagi qaraşlari va manfaatlari bir-biriga yaqin.
«Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» asarida ham aynan şu ğoya — qarama-qarşilik örniga muloqot, adovat örniga işonç, jaholat örniga maʼrifat va zöravonlik örniga tinçlikni qaror toptiriş zarurati alohida taʼkidlanadi.
Kitob — xalqlar örtasidagi maʼrifiy köprik
Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» asari turli mamlakatlardagi kitobxonlar va xalqaro jamoatçilik eʼtiborini qozonmoqda. Kitob arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilinib, keng xalqaro auditoriyaga taqdim etilgani uning ğoyaviy-maʼrifiy ahamiyati va turli xalqlar örtasida muloqot örnatişdagi örnini namoyon etadi.
Asarning Iordaniyada taqdim etilişi, avvalo, arab jamoatçiligini Yangi Özbekistonning taraqqiyot konsepsiyasi, amalga oşirilayotgan islohotlar va mamlakatning xalqaro maydondagi pozitsiyasi bilan yaqindan taniştiriş imkonini beradi.
Şuningdek, tadbir ikki mamlakat olimlari, ziyolilari, jurnalistlari, madaniyat vakillari hamda ekspertlari örtasida fikr almaşiş, ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni kengaytiriş va yangi qöşma loyihalar uçun muloqot maydoni bölib xizmat qilişi kutilmoqda.
Taqdimot doirasida Özbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari, tarixiy-madaniy merosi, diniy-maʼrifiy salohiyati, turizm yönalişlari hamda Iordaniya bilan hamkorlikning yangi istiqbollariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Zero, bugungi dunyoda xalqlar va davlatlarni birlaştiradigan eng muhim kuç — özaro işonç, bilim, maʼrifat va muştarak taraqqiyotga intilişdir.
Yangi Özbekistonning Iordaniyadagi taqdimoti ana şu ezgu maqsad — xalqlar örtasida döstlik, hamkorlik va maʼrifiy muloqot köpriklarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
ÖzA