O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Xitoy tajribasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining kambag‘allikni qisqartirish va qishloqlarni modernizatsiya qilish borasidagi tajribasini o‘rgandi.
Senatorlar Qobul Tursunov va Sayyora Abdukarimova Anxoy provinsiyasida aholi bandligini ta’minlash, quyosh panellari orqali qo‘shimcha daromad manbai yaratish, agroturizm, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, mahsulotlarni kafolatli sotish tizimi bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati (CPAFFC) rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida xalq diplomatiyasi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA