O‘zbekiston mehnat sohasida sun’iy intellektni inson manfaatlariga yo‘naltirishni qo‘llab-quvvatladi (+video)
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasi doirasida O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini mehnat sohasiga joriy etishda inson manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerakligi pozitsiyasini bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov sun’iy intellekt yangi ish o‘rinlari yaratish, xodimlarning ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozorida samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni raqamli transformatsiya jarayonlari adolatli tarzda amalga oshirilishi, u muntazam ravishda munozara va ijtimoiy sheriklikka asoslanishi kerakligini qayd etdi. Mamlakat munosib mehnat, ijtimoiy himoya va samarali ijtimoiy muloqot tamoyillariga tayangan holda raqamlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, konferensiyada 187 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi esa mehnat, ijtimoiy himoya va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, ilg‘or tashabbuslarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FnjcSimIzxY" title="O‘zbekiston mehnat sohasida sunʼiy intellektni inson manfaatlariga yo‘naltirishni qo‘llab-quvvatladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA