O‘zbekiston JCH-2026 ishtirokchilari qatnashadigan musobaqaga taklif oldi - manba
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turnirda mezbon Xitoy hamda O‘zbekistondan tashqari, yaqindagina yakuniga yetgan JCh-2026 ishtirokchilari sanalgan Afrika, Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika qit’asi vakillari qatnashishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 21-sentabridan 6-oktabrigacha bo‘lgan FIFA kunlarida Xitoy yirik xalqaro turnirga mezbonlik qiladi. Championat.asia nashri xabariga ko‘ra, mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham rasmiy taklif yuborilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turnirda mezbon Xitoy hamda O‘zbekistondan tashqari, yaqindagina yakuniga yetgan JCh-2026 ishtirokchilari sanalgan Afrika, Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika qit’asi vakillari qatnashishi rejalashtirilmoqda.
Yevropa terma jamoalari esa ushbu muddatda UEFA Millatlar ligasi bahslari bilan band bo‘lgani sababli Xitoydagi turnirga kela olishmaydi.