Mundial yarim finalchilarining bosib o‘tgan masofalari e’lon qilindi
TyC Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yarim finalchilar orasida turnir o‘yinlariga borish uchun eng ko‘p yo‘l bosgan jamoa Angliya bo‘lib turibdi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining yarim finaliga yetib kelgan jamoalar musobaqa davomida shaharlararo ko‘chib o‘tish uchun qancha masofa bosib o‘tganlari ma’lum bo‘ldi.
TyC Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yarim finalchilar orasida turnir o‘yinlariga borish uchun eng ko‘p yo‘l bosgan jamoa Angliya bo‘lib turibdi. Fransiya milliy jamoasi esa raqiblariga qaraganda eng kam masofani bosib o‘tgan.
JCH-2026 musobaqasi davomida yarim finalchi terma jamoalarning ko‘chib o‘tish (sayohat) masofalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
| O‘rin | Terma jamoa | Bosib o‘tilgan masofa (km) |
|---|---|---|
| 1 | Angliya | 20 600 |
| 2 | Ispaniya | 14 200 |
| 3 | Argentina | 8 025 |
| 4 | Fransiya | 5 500 |
Yarim final bosqichida Ispaniya terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushsa, amaldagi chempion Argentina final yo‘llanmasi uchun inglizlar bilan kuch sinashadi.