Özbekiston – Iordaniya: kelişuvlardan amaliy natijalar sari
Özbekiston va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi örtasidagi munosabatlar 1993-yilda diplomatik aloqalar örnatilgandan buyon özaro hurmat va köp qirrali hamkorlik asosida rivojlanib kelmoqda. Sönggi yillarda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida ikki tomonlama aloqalar yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Özbekiston va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi örtasidagi munosabatlar hamda davlatimiz rahbarining mazkur davlatga rejalaştirayotgan taşrifi haqida Barqaror rivojlaniş markazi bölim boşliği Jahongir Isayev batafsil gapirib berdi:
— Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga rejalaştirayotgan taşrifi ikki mamlakat munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda. Bugun asosiy masala siyosiy muloqotni kengaytiriş bilan birga, erişilgan kelişuvlarni savdo, investitsiya, taʼlim va texnologiyalar sohasida aniq natijalarga aylantiriş.
Bu jarayonga 2025-yil avgustda Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning Samarqandga ilk davlat taşrifi mustahkam asos yaratdi. Öşanda şeriklikni rivojlantiriş töğrisida qöşma bayonot qabul qilinib, 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan edi. 2026-yilda Hukumatlararo qöşma komissiyaning birinçi yiğilişi ötkazildi, Işbilarmonlar kengaşi taşkil etildi, Ammon–Toşkent yönalişida töğridan-töğri aviaqatnov yölga qöyildi.
6-noyabr kuni Ostonada Prezident Şavkat Mirziyoyev va Podşoh Abdulla II savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştiriş, şuningdek, bölajak oliy darajadagi tadbirlarni muhokama qildi. Bu muloqot Samarqandda boşlangan hamkorlik izçil davom etayotganini körsatadi.
Iqtisodiy yönalişda eʼtiborga molik yangilik bor: Iordaniyaning Petra davlat axborot agentligi 15-noyabrda ikki mamlakat örtasida imtiyozli savdo bitimi böyiça muzokaralar yakunlangani va hujjatni oy oxirigaça imzolaş kutilayotganini maʼlum qildi. Avvalroq 300 turdagi tovarga imtiyozlar nazarda tutilayotgani bildirilgan edi. Biroq, bitimning amaliy samarasi faqat boj stavkalariga emas, sertifikatlaş, bojxona tartiblari va yuk taşiş xarajatlarining qançalik yengillaşişiga ham boğliq.
Ammonda rejalaştirilgan biznes-forum sanoat kooperatsiyasiga yangi turtki berişi mumkin. Töqimaçilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va logistika böyiça muzokaralarni aniq loyihalarga aylantiriş uçun har bir taşabbusning hamkorlari, moliyalaştiriş manbalari va amalga oşiriş muddatlarini belgilaş muhim. Maqsad faqat özaro savdoni köpaytiriş emas, balki qöşilgan qiymat, yangi iş örinlari va texnologiyalar almaşinuvini taʼminlaşdan iborat.
Hamkorlikning yana bir muhim yönalişi – inson kapitali. 17-18-noyabr kunlari Toşkentda ötkazilgan Özbekiston–Iordaniya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinçi forumida universitetlararo hujjatlar imzolanib, qöşma taʼlim va ilmiy tadqiqotlar böyiça kelişuvlarga erişildi. Ayniqsa, muhandislik, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va suv resurslarini boşqariş sohalaridagi şeriklik kelgusida amaliy samara berişi mumkin.
Ikki mamlakat uçun suv tejamkorligi ham dolzarb. Iordaniyaning çeklangan suv resurslaridan foydalaniş tajribasini Özbekistondagi ilmiy va işlab çiqariş imkoniyatlari bilan uyğunlaştiriş istiqbollidir. Bunday hamkorlikni suv sarfi, hosildorlik va xarajatlardagi özgarişlar bilan baholanadigan qöşma tajriba loyihalaridan boşlaş mumkin. Bu taşabbuslar sifatli taʼlim, munosib mehnat, innovatsiyalar va xalqaro şeriklikka oid Barqaror rivojlaniş maqsadlariga ham xizmat qiladi.
Endilikda Hukumatlararo qöşma komissiya va Işbilarmonlar kengaşi doirasida 2027-yil uçun ixçam amaliy «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş maqsadga muvofiq. Unda ustuvor loyihalar, masʼul taşkilotlar, moliyalaştiriş şartlari, muddatlar va natijani baholaş körsatkiçlari aniq belgilanişi lozim.
Zero, Özbekiston–Iordaniya şerikligining yangi bosqiçi imzolangan hujjatlar soni bilangina emas, ular asosida işga tuşgan korxonalar, kengaygan bozorlar, tayyorlangan mutaxassislar va aholi manfaatiga xizmat qiladigan barqaror natijalar bilan ölçanadi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA