Turkiyalik investorlar Yangi Toşkent va infratuzilma loyihalariga jalb etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida iştirok etmoqda.
Yiğilişda qişloq xöjaligidagi şeriklikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Turkiyaning agrar sohadagi tajribasini hisobga olib, organik mineral öğitlar va qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş, zamonaviy issiqxonalar barpo etiş, boğdorçilik, suv tejovçi texnologiyalar hamda sovitkiç omborlari yönalişlarida hamkorlikni kuçaytiriş taklif etildi.
Özbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va yirik çakana savdo tarmoqlari orqali yetiştirişdan isteʼmolçiga yetkazib berişgaça bölgan yagona qiymat zanjirini şakllantirişdan manfaatdor.
Prezidentimiz turkiyalik investorlarni Yangi Toşkent qurilişi va mamlakatimizdagi yirik infratuzilma loyihalarida faol iştirok etişga çaqirdi. Turk kompaniyalariga yangi şaharda tijorat va turar joy majmualari, mehmonxonalar, taʼlim va tibbiyot muassasalarini barpo etiş böyiça hamkorlik qiliş taklif qilindi.
Şu bilan birga, pullik avtomobil yöllari, aeroportlar va logistika markazlarini rivojlantiriş transport sohasidagi istiqbolli yönalişlar sifatida körsatildi.
ÖzA