O‘zbekiston – Hindiston bahsida 46:29 hisobi qayd etildi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda gandbol bo‘yicha 19 yoshli qizlar o‘rtasida qit’a birinchiligi start oldi.
Mamlakatimiz jamoasi mazkur nufuzli musobaqada 2011 yildan buyon muntazam ishtirok etmoqda. Vakilalarimiz shu paytgacha 7 marta chempionat qatnashchisi bo‘lgan. Eng yaxshi natijaga 2022 yili Olmaota shahrida o‘tkazilgan musobaqada erishgan. O‘shanda, jamoamiz kuchli to‘rt jamoa safiga kirgan - 4 o‘rin. Yana uch martadan beshinchi va yettinchi o‘rindan joy olgan.
[gallery-24864]
Dastlabki turda vakilalarimiz hindistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqdi. Sportchi qizlarimizning yaqqol ustunligida o‘tgan uchrashuv 46:29 hisobida yakun topdi: O‘zbekiston — Hindiston 46:29.
Bugun vakilalarimiz Gonkong terma jamoasi bilan uchrashadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA