“Fuqarolik jamiyati haftaligi” boşlandi
Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotini faqat davlat idoralari faoliyati bilan boğlab bölmaydi. Unda fuqarolarning taşabbuskorligi, jamoat taşkilotlarining faolligi, ommaviy axborot vositalarining xolis pozitsiyasi va jamoatçilik nazoratining taʼsirçanligi ham muhim örin tutadi.
Şu maʼnoda, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantiriş, ularning davlat va jamiyat boşqaruvidagi iştirokini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan ilgari surilayotgan Yangi Özbekistonni barpo etiş ğoyasida ham kuçli fuqarolik jamiyatini şakllantiriş, xalq bilan muloqotni mustahkamlaş, jamoatçilik fikri va taşabbuslariga tayaniş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Zero, fuqarolik jamiyati qançalik faol bölsa, islohotlarning hayotdagi samarasi, jamoatçilik nazoratining taʼsiri ham şunçalik ortadi.
Ana şu maqsadlar yölida Buxoro viloyatida ham “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ning hududiy bosqiçiga start berildi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF-124-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida joriy yilning 10–27-noyabr kunlari ötkaziladigan haftalikning dastlabki tadbiri matbuot anjumani şaklida taşkil etildi. Unda respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar iştirok etdi.
Taʼkidlanganidek, haftalik viloyat hokimligi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining viloyat bölinmasi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi, viloyat adliya boşqarmasi hamda qator hamkor taşkilotlar iştirokida ötkazilmoqda.
[gallery-32437]
Uning dasturidan fuqarolik jamiyati institutlari faolligini oşiriş, davlat organlari va nodavlat notijorat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, oçiq muloqot muhitini kengaytiriş va jamoatçilik nazorati mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan qator ijtimoiy, maʼrifiy va amaliy tadbirlar örin olgan.
Jumladan, “Hamkorlikning yangi imkoniyatlari” mavzusida fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari iştirokida muloqot, “Korrupsiya — jamiyat kuşandasi” mavzusida oçiq uçraşuvlar taşkil etiladi. Ularda jamiyatda qonuniylik va şaffoflikni taʼminlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşişda jamoatçilikning örni, fuqarolik nazoratining taʼsirçanligini oşiriş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, “Millatlararo muloqot forumi”, “Özbekiston — umumiy uyimiz” şiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, eng yaxşi deb topilgan ijtimoiy loyihalar taqdimoti ötkaziladi. Nogironligi bölgan şaxslar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasi va xayriya yarmarkasi ham taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Haftalik doirasida nodavlat notijorat taşkilotlari va media sohasi vakillari uçun zamonaviy media könikmalarini şakllantirişga qaratilgan amaliy trening va mahorat darslari ham ötkaziladi. Yakunlovçi marosimda yil davomida faollik körsatgan fuqarolik jamiyati institutlari taqdirlanib, haftalik natijalari sarhisob qilinadi.
Matbuot anjumanida, şuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi viloyat bölinmasi tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan taqdimot ötkazildi. Unda hududdagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni röyobga çiqariş va jamoatçilik taşabbuslarini rağbatlantiriş borasidagi faoliyat haqida maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlarning savollariga mutaxassislar tomonidan atrofliça javoblar qaytarildi.
Eʼtiborlisi, “Fuqarolik jamiyati haftaligi” şunçaki tadbirlar majmui emas. U davlat va jamiyat örtasidagi işonçni mustahkamlaş, aholi taşabbuslariga keng yöl oçiş, jamoatçilik fikrini qarorlar qabul qiliş jarayonlariga yaqinlaştiriş uçun muhim muloqot maydonidir. Bunday saʼy-harakatlar fuqarolarning ijtimoiy masʼuliyati va daxldorlik tuyğusini yuksaltiriş bilan birga, islohotlarning xalq manfaatlariga xizmat qilişida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (suratlar), ÖzA muxbirlari