Özbekiston avtosanoatini mahalliylaştirişda yoş olimlarning ilmiy izlanişlari (+video)
Ön yilda Özbekiston avtomobilsozligi bir işlab çiqaruvçidan beşta zavodgaça kengayib, minglab iş örinlari yaratdi. Endi maqsad — raqobatbardoş milliy mahsulotlar va kuçli muhandislik maktabini yaratiş.
Bundan ön yil avval yurtimiz avtomobil bozorida bitta işlab çiqaruvçi keng faoliyat olib borgan bölsa, bugungi kunda yirik brendlar bilan hamkorlikda 5 ta avtomobil zavodi işlab turibdi. Soha atrofida yangi kooperatsiya zanjirlari şakllanib, 10 mingdan ortiq yoşlar zamonaviy texnologiyalar asosida işlamoqda. 340 dan ziyod korxona ularga butlovçi qismlar yetkazib beryapti.
Şu bilan birga soha oldida raqobatbardoş milliy mahsulotlar yaratiş böyiça katta vazifalar turibdi. Bu borada zamonaviy muhandislik maktablari oçilgani, yoş tadqiqotçilar va muhandislar şakllanayotgani, umuman, mahalliy mahsulotlarni kengaytiriş va yakuniy mahsulot yaratiş uçun zarur intellektual salohiyat kengayayotgani avtomobilsozlik istiqbollarini belgilab beradi. Zero, ehtiyot qismlar bozorini tartibga soliş, mahalliy mahsulotlar uluşini oşiriş, sertifikatlaş tizimini takomillaştiriş va zamonaviy sinov laboratoriyalarini taşkil etiş hamon dolzarbligiça qolmoqda.
Mavzu doirasidagi video-materialni quyida tomoşa qiling.
Sanjar Toşpölatov,
Oybek Davronov, Uluğbek Töxtayev,
ÖzA