Özbekiston amputantlari Jahon çempionatidagi ilk bahsda AQŞga 1:2 hisobida yutqazdi
Beş karra jahon çempioni Özbekiston guruhdagi navbatdagi bahsini Urugvayga qarşi ötkazadi.
Meksikada ötayotgan amputantlar futboli böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçini mağlubiyat bilan boşladi. San-Xuan-de-los-Lagos şahridagi «Lomas Verdes» maydonida ötkazilgan E guruhi uçraşuvida hamyurtlarimiz AQŞga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Amerikaliklar 6-daqiqada hisobni oçdi. Vasu Sojitra jamoasini oldinga olib çiqqan bölsa, 23-daqiqada Aziz Abdurahmonov javob golini urdi. Şu tariqa jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo‘l oldi.
Uçraşuv yakuniga yaqin Özbekiston bir futbolçi kam qoldi. 5-daqiqada ogohlantirilgan Haydarali Tursunboyev 45-daqiqada ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etdi. Oradan beş daqiqa ötib, Musabva Nzirimvo AQŞning ikkinçi golini urdi. Aynan shu gol bahs taqdirini hal qildi.
Beş karra jahon çempioni Özbekiston guruhdagi navbatdagi bahsini Urugvayga qarşi ötkazadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 16-noyabr kuni soat 04:30 da boşlanadi. Hamyurtlarimiz guruh bosqiçini Marokaşga qarşi öyin bilan yakunlaydi.
Jahon çempionati | E guruhi
Özbekiston 1:2 AQŞ
⚽️ Gollar — Vasu Sojitra (6′), Aziz Abdurahmonov (23′), Musabva Nzirimvo (50′).
🟥 Maydondan çetlatildi — Haydarali Tursunboyev (45′, ikkinçi sariq kartoçka).