Özbekiston amputantlar terma jamoasi Iroq darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi
Hamyurtlarimiz 17–20-örinlar uçun ötkazilayotgan yarim final bosqiçida Iroq terma jamoasiga qarşi maydonga tuşib, 2:0 hisobida ustun keldi.
Meksikada davom etayotgan amputantlar futboli böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi ketma-ket ikkinçi ğalabasini qölga kiritdi.
Hamyurtlarimiz 17–20-örinlar uçun ötkazilayotgan yarim final bosqiçida Iroq terma jamoasiga qarşi maydonga tuşib, 2:0 hisobida ustun keldi.
Uçraşuvda Özbekistonning har ikki goliga Aziz Abdurahmonov mualliflik qildi. Futbolçimizning dubli jamoamizga mundialdagi navbatdagi ğalabani taqdim etdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi "E" guruhida AQŞ (1:2), Urugvay (0:1) va Marokaşga (0:2) imkoniyatni boy berib, 17–24-örinlar uçun bahslarda iştirök etiş huquqini qölga kiritgandi.
Mazkur bosqiçning dastlabki uçraşuvida futbolçilarimiz Germaniya bilan asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang öynab, penaltilar seriyasida 3:2 hisobida ğalaba qozongan edi.
Iroqqa qarşi bahsdagi muvaffaqiyat Özbekistonning mazkur bosqiçdagi ikkinçi ğalabasi böldi.
Musobaqa 22-noyabr kuni yakunlanadi. Özbekiston terma jamoasi ham shu kuni mundialdagi sönggi uçraşuvini ötkazişi belgilangan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston amputantlar terma jamoasi beş karra jahon çempioni hisoblanadi. Hamyurtlarimiz 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012-yillarda mundial ğolibiga aylangan. 2022-yilda Turkiyada ötkazilgan sönggi jahon çempionatida esa bronza medalini qölga kiritgan.