Legionerlarimiz: «Sabah» va «Persepolis»dan yirik ğalaba
Rahmonaliyev maydonda, Sergeyev va Örunov esa öynamadi.
Keça, 20-noyabr kuni özbekistonlik futbolçilar töp surayotgan «Sabah» va «Persepolis» jamoalari milliy çempionatlarda yirik hisobda ğalaba qozondi.
Ozarbayjon Premyer-ligasining 12-turida Umarali Rahmonaliyevning «Sabah» jamoasi safarda «Sumqayit»ni 5:1 hisobida mağlub etdi. Birinçi bölimni 2:1 hisobidagi ustunlik bilan yakunlagan mehmonlar tanaffusdan keyin yana uçta gol urdi. Rahmonaliyev 68-daqiqada Ivan Lepinitsa örniga maydonga tuşdi va uçraşuv yakuniga qadar harakat qildi. Hamyurtimiz gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Uşbu ğalabadan söng «Sabah» 11 uçraşuvda 24 oçko jamğarib, turnir jadvalida birinçi öringa kötarildi. Jamoa «Neftçi» bilan teng oçkoga ega.
Eron çempionatining 13-turida esa Oston Örunov va Igor Sergeyev töp surayotgan «Persepolis» öz maydonida «Paykon»ni 3:0 hisobida yengdi. Mezbonlar safida Tyevi Bifuma 40-daqiqada, Muhammad Mohebiy 53-daqiqada va Ali Alipur 72-daqiqada gol urdi.
Igor Sergeyev zaxirada qolib, maydonga tuşmadi. Oston Örunov esa öyin qaydnomasiga kiritilmadi.
Uchrashuvdan keyingi jadvalga köra, «Persepolis» 13 uçraşuvda 26 oçko bilan birinçi öringa çiqdi. Bir öyin kam ötkazgan «Sepahon» ham 26 oçkoga ega.