Kimlar merosdan mahrum bo‘lishi mumkin?
Meros bo‘yicha nizolarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida amaldagi Fuqarolik kodeksiga asoslangan muhim huquqiy tushuntirishlar mavjud.
Unga ko‘ra, vasiyatnoma mavjud bo‘lsa-da, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz yaqinlar majburiy ulush olish huquqiga ega. Uyda ro‘yxatda turish meros ulushini oshirmaydi — birinchi navbatdagi merosxo‘rlar (farzandlar, er/xotin, ota-ona) teng ulush oladi. Nikohdagi mulkning 50 foizi tirik qolgan er/xotinga tegishli bo‘lib, qolgan qismi meros sifatida bo‘linadi.
Shuningdek, merosni qabul qilish yoki undan voz kechish muddati esa 6 oyni tashkil etadi.
"Huquqiy sharh" dasturining navbatdagi sonida mazkur mavzuga to‘xtaldik.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Oybek Davronov. O‘zA