O‘zbek postfolklorining badiiy havaskorlar ijrosidagi ko‘rinishlari
Bahodir RAHMONOV Filologiya fanlari nomzodi Andijon davlat universiteti Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek postfolklorining badiiy havaskorlar ijrosidagi ko‘rinishlari “Beshqarsak”, “Shalola”, “Anor” kabi etnografik jamoalar misolida yoritib berilgan. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi janrlarining tabiiy ijrosidagi oqsashlar, folklor asarlari syujetlari asosida teatr, kino, audio, video va internet dasturlarini yaratish jarayoni zamon talabidan ortda qolayotganligi misollar yordamida ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: lapar, o‘lan, muqallid, shalola, beshqarsak, anor, magik-ritual, verbal