O‘zbek adabiyoti rivojida Halima Xudoyberdiyevaning ijodiy faoliyati tahlili va talqini
Roxatoy Xoljigitovna ABDUVAXIDOVA mustaqil tadqiqotchi Toshkent amaliy fanlar universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: sherzodtuychiyev28@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining rivojlanishida shoira Halima Xudoyberdiyeva ijodiy faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalari va o’quv adabiyotlari tadqiq etilgan. Bunda shoira she’rlarida ayol, vatan, xalq va tarixiy obrazlarining milliy o‘zlik ifodasi o‘ziga xos yondashuv bilan tasvirlanganligi asoslangan. Uning asarlarida o‘zbek ayolining ruhiyati, or-nomusi va jamiyatdagi o‘rni haqida chuqur muloha yuritilganligi yoritilgan. Vatan haqida yozganda milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va zamonaviy ayollik tafakkurini o‘zida mujassam etganligi oydinlashtirilgan. Halima Xudoyberdiyevaning badiiy dunyoqarashi orqali o‘zbek milliy o‘zligining asriy an’analar va zamonaviy taraqqiyot o‘rtasidagi uyg‘unligi yorqin namoyon bo‘lganligi asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: ayol obrazi,vatan, tarix, milliy o‘zlik, o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik, she’riyat.