Ozarbayjon va Özbekiston: abadiy döstlikdan muştarak kelajak sari
Ozarbayjon Milliy Majlisi tomonidan 2026-yil 3-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi bilan Özbekiston Respublikasi örtasidagi Abadiy döstlik töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qilişi ikki qardoş mamlakat munosabatida tarixiy ahamiyat kasb etadi. Mohiyatan, uşbu hujjat xalqlarimiz örtasida asrlar davomida şakllangan döstlik va birodarlik riştasi davlatlar aro darajada izçil mustahkamlanayotgani ifodasidir.

Aslida, Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi munosabatga faqat diplomatik aloqa, siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlik doirasida baho beriş töğri emas. Zero, aloqalarimiz zamirida muştarak tarix, turkiy dunyoning boy madaniy merosi, maʼnaviy yaqinlik va özaro işonç mujassam. Ayni omillar şerikligimizga alohida mazmun, xususiyat bağişlaydi.
Bugun Ozarbayjon va Özbekiston nafaqat mavjud aloqalarini rivojlantirmoqda, balki kelajak avlodlar uçun uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevorini ham barpo etmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik: bir milliard dollarlik marra sari
Mamlakatlarimiz iqtisodiy hamkorligi kölamini kengaytiriş davrning asosiy vazifasidir. Tovar ayirboşlaş qiymatini 2030-yilga qadar bir milliard dollarga yetkaziş muhim maqsad sifatida belgilangan. Hozir uşbu körsatkiç 800 million dollarga yaqinlaşgani munosabatlarimiz jadal rivojlanayotganidan dalolat.
Özbekiston Ozarbayjonning Markaziy Osiyodagi eng yirik, Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida esa ikkinçi savdo hamkori hisoblanadi. Bu holat özaro iqtisodiy aloqa nafaqat ikki tomonlama, balki kengroq mintaqaviy hamkorlik nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga egaligini körsatadi.
Tabiiyki, mavjud salohiyat erişilgan natija bilan çeklanmaydi. Sanoat, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, qayta işlaş, investitsiya va tadbirkorlik sohalarida qöşma taşabbuslarni köpaytiriş orqali şeriklikni yanada çuqurlaştiriş mumkin. Ayniqsa, özaro sarmoyani rağbatlantiriş va qöşma işlab çiqariş korxonalari taşkil etiş har ikki mamlakat iqtisodiy imkoniyatini kengaytiriş uçun yangi istiqbol oçadi.
Energetika va transport: mintaqaviy hamkorlikning yangi yönalişlari
Hamkorlikning muhim yönalişlaridan biri energetika sohasidir. Ozarbayjon energetika kompaniyalari Özbekistondagi qöşma loyihalarga qöşilayotgani sohadagi özaro manfaat aniq iqtisodiy taşabbuslarga aylanayotganidan darak beradi. Ayni jarayonda tajriba almaşiş, sarmoyaviy imkoniyatdan foydalaniş va yangi texnologiya joriy etiş kelgusi kun tartibida alohida örin egallaşi kutilyapti.
Transport va logistika sohasi ham şeriklikning istiqbolli yönalişidir. Ozarbayjonning geografik joylaşuvi va rivojlangan transport infratuzilmasi Özbekistonning xalqaro bozorlar, xususan Yevropa yönalişidagi savdo yöllariga çiqiş imkoniyatini kengaytiradi.
Bu borada Örta yölakning ahamiyatini alohida taʼkidlaş joiz. Özbekistondan Turkmaniston orqali Kaspiy dengiziga, keyin Ozarbayjonning Alat porti va söngra Yevropaga olib boradigan yönaliş Markaziy Osiyo bilan Yevropa örtasida muhim iqtisodiy va logistika zanjirini yaratadi.
Örta yölak şunçaki yuk yöli emas, balki mintaqa mamlakatlari iqtisodiy integratsiyasini kuçaytiradigan, yangi sarmoyalar uçun imkon yaratadigan, jarayonning xalqaro savdodagi ahamiyatini oşiradigan strategik platformadir.
Loyiha kölamini kengaytiriş Ozarbayjonning mintaqaviy logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaş barobarida Özbekistonning jahon bozoriga çiqişini yanada osonlaştiradi.
Demak, transport sohasidagi hamkorligimiz ikki tomonlama manfaatdan ança keng mazmun kasb etib, butun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Yevropa örtasidagi iqtisodiy aloqa rivojlanişiga xizmat qiladi.

Gumanitar va ijtimoiy aloqa – xalqlarni birlaştiruvçi maʼnaviy köprik
Ozarbayjon – Özbekiston döstligi mustahkamligi faqat iqtisodiy körsatkiç va siyosiy hujjatlar bilan ölçanmaydi. Bu munosabatning eng muhim tayançi xalqlarimiz örtasidagi tarixiy va maʼnaviy yaqinlikdir.
Yil sayin odamlarimiz bir-birini yanada yaqindan tanimoqda, muştarak tarix va madaniy merosni çuqurroq örganmoqda, yangi hamkorlik imkoniyatlarini kaşf etmoqda. Oliy taʼlim, ilm-fan, kino, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalar kengayişi yaqinlikni yanada mustahkamlayapti.
Bu borada nodavlat notijorat taşkilotlari hamkorligi ham alohida ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyati institutlari xalqlar örtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantiriş, jamoatçilik muloqotini kengaytiriş va özaro işonçni mustahkamlaşda muhim örin egallaydi. Qöşma ijtimoiy loyihalar, xalqaro konferensiyalar, yoşlar dasturlari va tajriba almaşiş taşabbuslari uşbu yönalişda yangi imkoniyatlar yaratişi şubhasiz.
Xususan, media sohasidagi hamkorlik alohida eʼtibor talab qiladi. Zamonaviy davrda axborot makoni davlatlar aro munosabatning muhim tarkibiy qismiga aylandi. Ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari örtasidagi aloqalar kölamini kengaytiriş, jurnalistlarning özaro safarlarini taşkil etiş, qöşma hujjatli filmlar yaratiş, media forumlar ötkaziş, öquv dasturlarini yölga qöyiş ikki mamlakat axborot makoni örtasida yanada mustahkam köprik yaratadi.
Ayniqsa, yoş jurnalistlar va media mutaxassislarini özaro tajriba almaşiş jarayoniga jalb etiş kelgusi şeriklik uçun muhim sarmoya böla oladi. Zero, xalqlarimiz bir-birini yaqindan tanişi tarix, madaniyat, kundalik turmuş va zamonaviy taraqqiyot haqida xolis va töliq axborot almaşişdan boşlanadi.
Siyosiy muloqot va özaro işonç – strategik şeriklikning asosiy tayançi
Ozarbayjon – Özbekiston munosabatlarining bugungi yuksak darajaga kötarilişida davlat rahbarlari orasida şakllangan siyosiy muloqot hal qiluvçi örin tutadi. Prezidentlar Ilhom Aliyev va Şavkat Mirziyoyev örtasidagi özaro işonç, muntazam muloqot va strategik qaraşlar yaqinligi hamkorlik turli yönalişlarda rivojlanişiga kuçli turtki bermoqda.
Davlat rahbarlari darajasida şakllangan siyosiy iroda iqtisodiy, gumanitar va mintaqaviy şeriklik uçun qulay şaroit yaratgan. Bu holat munosabatlarimiz rivojlanişi tasodifiy jarayon emas, balki izçil siyosiy yondaşuv va uzoq muddatli özaro manfaatga asoslanganini körsatadi.

Demak, Ozarbayjon va Özbekiston munosabatlari rivojlanişi yanada keng geosiyosiy va geoiqtisodiy nuqtai nazardan ham juda muhim. Kaspiy havzasi, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz hamkorligi kuçayişi yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratiş bilan birga, mintaqa mamlakatlarining xalqaro platformalardagi özaro hamkorligini ham kuçaytiradi.
Abadiy döstlik: muştarak kelajakning siyosiy va maʼnaviy poydevori
Bugun Ozarbayjon va Özbekiston munosabatlari yangi bosqiçga qadam qöymoqda. Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma ratifikatsiya qilinişi jarayonning siyosiy va huquqiy asosini mustahkamlab, kelgusi hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar ham yaratadi.
Oldimizda tovar ayirboşlaş miqdorini oşiriş, energetika va transport loyihalarini köpaytiriş, Örta yölak imkoniyatidan yanada samarali foydalaniş, nodavlat taşkilotlar, media, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida yangi taşabbuslar amalga oşiriş kabi muhim vazifalar turibdi.
Hamkorligimizning asosiy ustuni xalqlarimiz örtasidagi tabiiy yaqinlik, albatta. Siyosiy manfaat özgarişi, iqtisodiy ustuvor yönalişlar yangilanişi mumkin, biroq muştarak tarix, madaniyat va maʼnaviy qadriyatga asoslangan döstlik yanada jipslaşib, barqaror xususiyat kasb etadi.
Işonç bilan aytiş mumkinki, Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma şunçaki ikki davlat munosabatini tartibga soluvçi hujjat emas. Ayni payt turkiy dunyoda birdamlik, mintaqaviy hamkorlik va muştarak kelajakka nisbatan işonçning ham yorqin ifodasidir.
Bugun Ozarbayjon va Özbekiston nafaqat öz xalqlari farovonligi, balki butun turkiy dunyoni yanada jipslaştiriş, mintaqaning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaş yölida ham birga harakatlanmoqda.
Abadiy döstlik aynan şunday şakllanadi: muştarak tarixdan kuç olib, bugungi imkoniyatni qadrlab, kelajak avlod uçun yanada mustahkam hamkorlik köpriklari barpo etiş orqali.
Afseleddin AĞALAROV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, «Azxeber Media» direktori, Ozarbayjondagi «Yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga kömaklaşiş» jamoat birlaşmasi raisi