Kasb va xorijiy tillarni örgatiş işlari yangi bosqiçga kötariladi
Andijon viloyati Bobur şahrida xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni çet tillari va kasb-hunarga maqsadli öqitiş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov, viloyatdagi mutasaddi taşkilotlar rahbarlari, xususiy bandlik agentliklari vakillari, texnikum direktorlari, yirik tadbirkorlar iştirok etgan yiğilişda xalqaro mehnat bozorida malakali işçi kuçiga bölgan talab ortib borayotgani taʼkidlanib, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni çet tillari va aniq kasblarga maqsadli tayyorlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.


Bu borada kasbiy taʼlimni til örganiş bilan uyğunlaştiriş, xorijiy iş beruvçilar buyurtmalarini texnikumlardagi öquv dasturlariga integratsiya qiliş, şuningdek, yirik tadbirkorlar, texnikumlar va til örgatiş markazlari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş muhimligi, buning natijasida bitiruvçilarning nafaqat kasbiy malakasi, balki xorijiy tillarni biliş darajasini yanada oşişi aytib ötildi.
Şuningdek, yiğilişda xorijiy kompaniyalar ehtiyojidan kelib çiqib, ayrim texnikumlarni tanlab oliş, ularning öquv dasturlarini iş beruvçilar talablariga moslaştiriş va yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş böyiça takliflar ilgari surildi.

Iştirokçilar tomonidan mazkur yönalişdagi işlarni yanada yuqori bosqiçga kötariş, samaradorligini oşiriş yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Bu borada amalga oşiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri