Ozarbayjon mudofaa va xavfsizlik xarajatini oshirdi
Ozarbayjon Moliya vazirligi mamlakatning 2027-yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni e’lon qildi.
Hujjatda mudofaa va xavfsizlik xarajati jami 8 milliard 816,4 million manat, taxminan 5,2 milliard dollarga tengligi, bu miqdor 2026-yilga nisbatan 1,1 foiz ko‘pligi keltirilgan.
Kelgusi yil byudjet daromadi qariyb 23,1 milliard dollar, xarajat esa taxminan 25 milliard dollarga yetadi.
Mahalliy valyuta qiymati dollarga nisbatan 1,7 manat miqdorida barqaror saqlanishi kutilyapti. Shuningdek, yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2,7 foiz, yillik inflyatsiya esa 5,3 foizni tashkil qilishi aytilgan.
S.Rahimov, O‘zA