O‘rta yo‘lakni rivojlantirishga 12 milliard yevro sarmoya kiritiladi
Yevropa Ittifoqi Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoni ko‘hna qit’a bozori bilan bevosita bog‘laydigan O‘rta yo‘lakni rivojlantirish uchun 12 milliard yevrogacha sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
YeI buning uchun davlatga qarashli va xususiy sarmoya jalb qilish uchun “Global Gateway” tashabbusidan foydalanishni rejalashtirgan.
– Maqsadimiz – 2030-yilga kelib yo‘nalishlarni ko‘paytirish, savdo oqimini uch barobar oshirish va yuk tashish vaqtini keskin qisqartirish, – deya ta’kidlagan mulozim.
Shuningdek, YeK rahbari Bolgariya Bosh vaziri Rumen Radev bilan mintaqaviy aloqa sammiti o‘tkazilishi, mazkur anjuman g‘oyani haqiqatga aylantirishga qaratilishini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA