Ozarbayjon fuqarolarining Özbekistonga kelişi 60 foizga ortgan
Sönggi yillarda Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi strategik şeriklik hamda qardoşlik aloqalari yangi bosqiçga kötarilgani bois, ikki mamlakat fuqarolarining özaro taşriflari soni ham jadal surʼatlarda ösib bormoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar–sentabr oylari yakunlariga köra, 25,9 ming nafar Ozarbayjon fuqarosi turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurdi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 9,7 ming nafarga yoki qariyb 60 foizga köpdir.
Xususan, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida jami 25,9 ming nafar Ozarbayjon fuqarolari turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan.
Bunday keskin ösiş ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi kelişuvlari mahsuli sifatida yaratilgan qulay şaroitlardan ham dalolat beradi. Jumladan, fuqarolar uçun joriy etilgan 15 kunlik vizasiz va röyxatdan ötmasdan erkin harakatlaniş tartibi hamda aviaqatnovlar sonining köpaytirilgani ikki qardoş xalq örtasidagi madaniy-gumanitar köprikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Maʼlumotlar şuni körsatadiki, Özbekistonga kelayotgan ozarbayjonlik mehmonlarning köpçiligi yurtimizning qadimiy şaharlari, madaniy obidalari va gözal tabiatini öz közi bilan köriş iştiyoqida. Xususan, jami taşrif buyurganlarning 19 ming 926 nafari aynan sayohat va dam oliş maqsadida kelgan bölib, bu umumiy oqimning qariyb 77 foizini taşkil etadi. Bu esa Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy markazlarning Ozarbayjon sayyohlik bozoridagi jozibadorligi yil sayin ortib borayotganidan dalolat beradi.
Şu bilan birga, ikki xalqning ildizi bir, qadriyatlari muştarak bölgani bois, qarindoşlarni yöqlaş maqsadida keluvçilar oqimi ham salmoqli – hisobot davrida 4 ming 141 nafar fuqaro aynan şu maqsadda yurtimizga qadam ranjida qilgan. Iqtisodiy va diplomatik aloqalarning rivojlanişi esa xizmat va iş yuzasidan keluvçilar sonida ham aks etmoqda, yaʼni 1 ming 760 nafar ozarbayjonlik tadbirkor va mutaxassislar rasmiy hamda biznes taşriflarini amalga oşirgan.
Bundan taşqari, taʼlim va soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik natijasida 62 nafar fuqaro öqiş, 9 nafari esa davolaniş maqsadida Özbekistonni tanlagan. Bor-yöği 3 nafar fuqaro tijorat maqsadini közlagan bölsa-da, umumiy manzara ikki mamlakat örtasidagi turizm va gumanitar aloqalar naqadar serqirra va keng kölamli tus olayotganini yaqqol körsatib turibdi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, sönggi töqqiz oylik raqamlar Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi turistik hamkorlik nafaqat tiklanayotgani, balki mutlaqo yangi yuqori bosqiçga çiqayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Ikki mamlakatning sayyohlik salohiyatini birgalikda tarğib qiliş, yangi qöşma yönalişlarni yölga qöyiş va madaniy tadbirlarni köpaytiriş orqali özaro sayyohlar oqimini yanada oşiriş uçun ulkan imkoniyatlar mavjud. Bu esa, öz navbatida xalqlarimiz örtasidagi asrlar sinovidan ötgan döstlik riştalarini yanada mustahkamlaş hamda iqtisodiy aloqalarni yangi surʼatlar bilan boyitişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA