Osaka köçalarida Özbekiston turizmi tarğib qilindi
Yaponiyaning Osaka şahridagi eng gavjum turistik maskanlardan biri — Namba–Dotonbori hududida Özbekistonning sayyohlik salohiyatini tarğib qiluvçi videoroliklar namoyiş etildi.
Mamlakatimiz elçixonasi taşabbusi bilan taşkil etilgan reklama kampaniyasi 26-oktabrdan 1-noyabrga qadar davom etdi. Uşbu davrda 15 soniyalik videoroliklar har kuni soat 08:00 dan 24:00 gaça, har soatda tört marta ekranlarda namoyiş etilgan.

“Ipak yöli yuragi — Özbekistonga xuş kelibsiz!” şiori ostidagi videolavhalar orqali tomoşabin ölkamizning boy tarixiy-madaniy merosi, Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarining betakror meʼmoriy obidalari, şuningdek, zamonaviy turistik infratuzilmasi bilan tanişiş imkoniga ega böldi.
Namba–Dotonbori Osaka şahri va butun Kansay mintaqasining eng maşhur sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Uşbu markaz har kuni köplab mahalliy aholi va xorijiy sayyohlarni öziga jalb qiladi. Hudud restoranlar, savdo markazlari, köngiloçar maskanlar va yirik raqamli reklama ekranlari bilan maşhur.
B.Xudoyberdiyev, ÖzA
Yaponiya